Teach For Uzbekistan

Biz kimmiz va nima qilamiz

Taʼlim orqali kelajak yetakchilarini tarbiyalovchi notijorat tashkilot.

Nega bu muhim

Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning taʼlim natijalari xalqaro mezonlarga nisbatan past koʻrsatkichlarni qayd etib kelmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) 2022-yilgi PISA xalqaro baholash dasturi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston barcha baholangan fan yoʻnalishlari boʻyicha 81 ta davlat orasida quyi chorakdan joy olgan.

2021-yilda Oʻzbekiston ilk bor ishtirok etgan PIRLS xalqaro tadqiqotida oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi boʻyicha oʻrtacha natijasi 57 ta davlat orasida 49-oʻrinni tashkil etgan.

TIMSS-2023 xalqaro baholash natijalariga koʻra esa, Oʻzbekistondan ishtirok etgan oʻquvchilarning hech biri matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha yuqori darajadagi kompetensiya koʻrsatkichiga erishmagan.

Mazkur taʼlimdagi tafovutlar, ayniqsa, qishloq va chekka hududlardagi maktablarda yaqqol namoyon boʻlmoqda. Bunday hududlarda malakali fan oʻqituvchilarini jalb etish va ularni ishda saqlab qolish qiyin kechmoqda. Shuningdek, taʼlim jarayonida eskirgan hamda asosan yodlashga yoʻnaltirilgan oʻqitish usullarining qoʻllanilishi oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, mustaqil taʼlim olish va oʻz jamoalarida faol ishtirok etish koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini cheklamoqda.

Teach For Uzbekistan ana shu tafovutni qisqartirish uchun mavjud: biz fidoyi va qobiliyatli yosh yetakchilarni oʻqituvchi sifatida tanlab tayyorlaymiz hamda Oʻzbekiston taʼlim tizimini barqaror yaxshilash uchun zarur dalillarni toʻplaymiz.

Oʻzbekistonning xalqaro tadqiqotlardagi oʻrni

PISA 2022
Oxirgi chorak
81 mamlakat, sinovdan oʻtgan barcha fanlar
PIRLS 2021
57 tadan 49-oʻrin
Oʻqish savodxonligi
TIMSS 2023
Yuqori daraja: 0
Matematika va tabiiy fanlar

Asosiy yoʻnalishlarimiz

  • Taʼlimni oʻzgartirish

    Sinfdagi amaliyot, oʻqituvchilar rivoji va oʻquvchilar natijalarini yaxshilash.

  • Hamjamiyat va ijtimoiy taʼsir

    Mahalliy ishtirokchilarni barqaror, hamjamiyat tashabbusi bilan yaratilgan yechimlar atrofida birlashtirish.

  • Siyosat va jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi yetakchilik

    Taʼlim siyosatini uzoq muddatli yaxshilash uchun dalillarga asoslangan tadqiqotlar olib borish.

TFU tarixi

Teach For Uzbekistan sifatli taʼlim mamlakat barqaror taraqqiyoti va har bir bola farovonligining poydevori ekaniga ishongan hamfikr insonlar tomonidan asos solingan. Biz kuchli va gullab-yashnayotgan jamiyat qurish uchun inson kapitaliga — bilim, koʻnikma, qadriyatlar va oʻziga ishonchga — sarmoya kiritish kerakligini angladik.

Qishloq maktablarida malakali oʻqituvchilar, ayniqsa STEM fanlari boʻyicha, juda yetishmas edi. Bu tanqislik dasturni boshlashning asosiy sabablaridan biri boʻldi. Biz turli sohalardan yosh mutaxassislarni maktablarga olib kelamiz — nafaqat dars berish uchun, balki yangi avlodga ijobiy namuna boʻlish uchun ham: bolalar dadil orzu qilsin, imkoniyatlarni koʻrsin, oʻziga ishonsin va oʻz hamjamiyatining faol aʼzosiga aylansin.

Taʼlim orqali yetakchilik qilishga tayyormisiz?

2027–2029 yillar Fellowship dasturiga arizalar qabuli 2026-yil 15-oktabrda boshlanadi.